Musabayeva Kamilla

O'qituvchi

Musabayeva Kamilla Alisher qizi

31.07.1999 yilda Toshkent shahar Yashnabod tumanida tug’ilgan. 2005-2014 yillarda Yashnabod tuman 61-maktabda ta`lim olgan. 2014-2017 yillarda O`zbekiston Davlat Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti qoshidagi Shayxontoxur akademik litseyida Xorijiy filologiya fakulteti (ingliz tili)da taxsil oldi.

2015-yil noyabr 2016-yil may oylarida Ilhom Azizov Shadibayevichdan ingliz tili va IELTS sirlarini o’rgandi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagach, IELTS imtixonidan umumiy 7.5 ballga ega bo’ldi (listening-8, reading-7.5, speaking-7, writing-6.5). Yuqori ballarni qo’lga kiritgach Kamillada bir nechta oliy ta`lim muassasalariga xujjat topshirish imkoniyati paydo bo’ldi. 2017-yilda MDIS, Westminster va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetlariga o’qishga qabul qilingach, Kamilla milliy universitetimizda taxsil olishni lozim topdi. Hozirda ushbu universitetning Xorijiy filologiya fakulteti tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishida o’qish bilan birgalikda «ALMAZ» ingliz tili markazida ingliz tili gramatikasi va IELTS dan dars berib kelmoqda.

Socials