Hayitov Bekzod

O'qituvchi

Hayitov Bekzod Mardonovich

«ALMAZ» o’quv markazi Ingliz tili o’qituvchisi.

1989 yil 10 martda Navoiy viloyatida tavallud topgan. Ilk ma’lumotni o’z qishlog’idagi mahalliy maktabda olgan. 2004-2007 yillarda o’qishni Navoiy viloyatidagi 1 sonli akademik litseyda davom ettirgan. Bu o’quv maskanini bitirib 2007 yilda Toshkent davlat Jahon Tillari universitetining filologiya fakultetiga o’qishga kirdi.

Universitetda o’qish mobaynida Bekzod Hayitov ingliz tiliga bo’lgan qiziqishi tufayli bu fanni chuqur o’rganishga kirishadi. O’qish davomida o’tkazilgan barcha ilmiy amaliy konferensiyalar va konkurslarda faol ishtirok etib bir qator yutuqlarni qo’lga kiritadi. Shu bilan bir qatorda u o’sha yillarda ingliz tilidan o’quvchilarga dars berib o’z pedagogik tajribasini ham oshirib boradi.

Asosiy o’qituvchilik faoliyatini 2013 yil Navoiy viloyati 2 sonli akademik litseyda ingliz tili fani o’qituvchisi sifatida boshlaydi. Litseydagi faoliyat mobaynida uning qo’l ostida tayyorgarlik ko’rgan ko’plab o’quvchilar fan tadbirlari va olimpiadalarida yuqori o’rinlarni egallab shu bilan bir qatorda oliy o’quv yurtlari talabalariga aylanishdi.

Bekzod Hayitov o’quvchilarga dars berish mobaynida o’z metodikasi ustida tinmasdan izlanib, darslarni samarali qiladigan va bolalarni qiziqtiradigan innovatsion metodlar tadbiq qilishga harakat qildi. Shu sababdan 2015 yilda litsey ma’muriyati tomonidan «Yilning eng ilmiy salohiyatli o’qituvchisi» deb topildi.

2018 yilda IELTS imtixonini topshirib 7.5 ball oldi. Listening:7.0 Reading:9.0 Writing:6.5 Speaking:6.5

Socials