Ilhom Azizov

Direktor

Azizov Ilhomjon Shadibayevich. «ALMAZ» o’quv markazi direktori. 1979 yil 4-martda Sirdaryo viloyatida ziyoli oilasida tavallud topgan. Ilk ma’lumotini el qatori o’z qishlog’idagi mahalliy maktabda olgan. 1994-1996 yillarda o’qishini Yangiyer shahar Litseyida da’vom ettiradi. Bu o’quv maskanini oliy baholar bilan bitirgandan keyin 1996 yilda Guliston Davlat Universisetining Chet tillar fakultetiga o’qishga kiradi.

Shu yildan e’tiboran Ilhom Azizov o’zining ish faoliyatini boshlaydi. Oliygohda o’qish barobarida Guliston shahridagi 4 o’rta maktabda ingliz tilidan dars bera boshlaydi.

2000 yilda poytaxt Toshkentga o’z bilim, malakalarini oshirish uchun yashashga keladi. O’quvchilarga, o’qitishga bo’lgan o’zgacha mehri uni tinch qo’ymaydi. Shu sabab u bir necha o’quv dargohlarida ingliz tilidan samarali saboqlar berish barobarida o’z uyida repititorlik bilan ham shug’ullanadi. Bu faoliyat unga hozirgi tezkor o’quv dasturini ishlab chiqishiga katta hissa qo’shadi.

Bir necha xalqaro tashkilotlarda ishlagani va bir necha chet mamlakatlarda sermahsul metodikalarni tadqiq qilib 77 darsga joylangan o’zining dasturini ishlab chiqqan. (35 ta dars English Grammar +PreIELTS, 42 ta dars IELTS)

22 yillik pedagogik faoliyati mobaynida jonajon Yurtimizning ravnaqiga hissa qo’shib kelayotgan minglab shogirdlar tayyorlagan. Bir so’z bilan aytganda Ilhom Azizov ingliz tilini qisqa muddatda sifatli o’rgatuvchi fabrika!

Socials