FAQ

Home / FAQ

Menda savol bor!

Bizda Sonic guruhimiz bor. 9 oy davom etadi. 4 oy Grammatika va 5 oy IELTS. Darslarimiz haftada 2 marta 2 soatdan bo’ladi. Darslar guruhlarda olib boriladi.

Bizda individualni darslar 2008 yilda to’xtatilgan, chunki uni effekti kam.

– Nima uchun effekti bo’lmaydi, men gruppada o’qiy olmayman. Guruhdagi darslarga borganman. Menga navbat ham yetib kelmagan?

Bizda o’quv dasturimiz boshqacha tuzilgan. 2 soat dars mobaynida o’quvchilarga asosan kerakli instruktsiyalar beriladi va ular o’sha yo’l yo’riqlar asosida uyda dars qilishadi.

15 kishigacha.

Bir guruhda 15 kishi ko’p emasmi?

Yo’q aslo, ustoz Ilhom Azizovning 23 yil mobaynida ishlab chiqqan dasturiga ko’ra xuddi shu darsni 100 kishi bilan ham sifatini buzmagan xolda kafolatli natija bilan o’tish mumkin. Chunki 15 kishilik guruhdan har darsda 15 ta Task 1 insho, 15ta Task 2 insho va 15ta 15 minutli speaking video uyga vazifa sifatida olinadi. Bu uyga vazifalar dars hisobidan tekshirilmaydi. Darsdan keyin, keyingi darsgacha ustoz insho va gapirish videolarini tekshirib qo’yadi. Va yangi darsdan oldin, ya’ni darsgacha insho va videolarning xatolari bolalarga tushuntirib beriladi.

4 oylik grammatika kursimiz faqat Grammatika uchun emas balki unda Pre IELTS ham bor. Shuning uchun o’quvchilar Grammatika kursimizda 50% IELTS uchun ham tayyor bo’lishadi. O’quvchilar Murphy kitobining 130 Unitini tugatish bilan birga 600 ta so’z ham yodlashadi. Dastlabki oyda roman tarjima qilishadi, keyin esa hikoya qilib gapirib berishga o’tishadi. IELTS kursi boshlanmay turib Grammatika kursining o’zida 28 ta insho yozishadi. IELTS boshlangandan keyin esa 84ta insho yozishadi. Umumiy 9 oyda 112 ta insho yozishadi.

IELTS va CEFR ga tayyorgarlik kursi bir xil.

CEFR bilan IELTS birxilmas ekan biz so’radik?

IELTS ikkiga bo’linadi: Academic va General. General IELTS ni inshosi bilan CEFR niki bir xil. Undan tashqari CEFR da Grammatik test ham bor. Bizdagi birinchi o’qitiladigan grammatika kursimiz aynan shu maqsadda o’qitiladi. Ya’ni grammatika kursimizni tugatganlar O’zbekistonning DTM testlariga ham CEFR ning grammatikasiga  ham tayyor bo’lishadi. 9 oylik kursimizni bitirsa ham IELTS, ham CEFR, ham DTM testlariga tayyor bo’lishadi.

Siz istayotgan razgovorni uchun so’z boyligi, so’zlarni ulab gap tuzish uchun grammatika, va yana eshitib tushunish kerak, ya’ni razgovorni oxirgi bosqichlardan biri. IELTS kursini o’qiganda esa 6/1 da bo’ladi. O’qib tushunish, eshitib tushunish, yozish, gapirish, lug’at boyligi va grammatika. IELTS imtixonini topshirish esa ixtiyoriy. Agar sertifikat kerak bo’lsa topshirasiz, aks xolda topshirmaysiz. Ko’pchilik grammatikani o’rganib so’z yodlaydi, lekin IELTS kursini o’qimaydi. Shuning uchun ham ular gapira olmaydi, yozish, eshitish va o’qib tushunish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi. Bir so’z bilan aytganda grammatika kursi bu nazariya bo’lsa IELTS kursi amaliyot. Amaliyot bo’lmasa professional bo’lmay qoladi.

Oyiga 600,000 so’m.

Qimmatku? Bu har bir o’quvchiga har oydami? Boshqa markazlarda arzonku?

To’g’ri boshqa markazlarda 350 mingdan o’qitishadi. Lekin ularda aniq dastur bo’lmagani uchun kamida 2 yil o’qitishadi. Har yili 10 oydan o’qiganda ham 2 yilda 7 million so’m bo’ladi. Mayli pul topiladi lekin ketgan vaqtchi? 1 ta tilni o’rganish uchun 2 yil ko’p emasmi? Shunga yarasha bola ingliz tilini mukammal o’rganib chiqsa ham mayliga. Bizda esa bor yo’g’i 9 oy va 5400,000 ga ingliz tilini inglizlardan toza va tez gapiradigan bo’lib chiqadi.

Inglizlar o’zlari ko’pchiligi maxsus ma’lumoti bo’lmagan odamlar va ular ingliz tilini ko’cha variantida gaplashishadi, ya’ni buzib gapirishadi. Biz esa o’quvchilarimizga adabiy, kitobiy ingliz tilini o’rgatamiz. Bu bilan ular Garvard va Oxford kabi universitetlarga borganda professor domlalar bilan muloqotda qiynalishmaydi.

Albatta, 23 yildan beri 1000 ga yaqin o’quvchilar bizda IELTS olib nufuzli universitetlarga kirishgan.

Albatta O’zbekistonda hali 9 oyda ham Grammatikani ham IELTS ni mukammal o’rgatadigan markaz yo’q. Lekin bizda shoshilayotganlar uchun 5 oylik SUPERSONIC guruhimiz bor. Yuqorida men sizga aytganim 9 oylik kursimiz SONIC guruhi edi.

Farqi faqat tezroq tayyorlashida. Ichidagi mag’zi bir xil, ya’ni 2 oy grammatika kursi, 3 oy IELTS kursi, faqat haftada 2 marta 2 soatdan emas, haftada 2 marta 4 soatdan, yoki haftada 4 marta 2 soatdan.

Aytib o’tganimizday SUPERSONIC guruhi shoshilayotganlar uchun intensive kurs, qolaversa 4 soat bilinmay o’tib ketadi. Chunki Ilhom aka Boris Lozanov (Suggestopaedia, Passive learning) teoriyalari elementlarini kiritib katta xotirani ochishga mo’ljallangan metodika asosida o’quv dasturi ishlab chiqqan.

Ha albatta, bizda 3 oyda ham Grammatika ham IELTS ni tugatadigan ALFA guuruhimiz bor. Unda 1 oy gramatika, 2 oy IELTS o’qitiladi. Qolaversa 2020 yilda 1 oylik ALFA ROMEO kursini ham yo’lga qo’yamiz. Unga ko’ra 12 kun Gramatika, 18 kun IELTS o’qitiladi. 31-kun bitirgan o’quvchi ingliz tilida seminarda nutq so’zlashi mumkin.

Bizda darslarni umumiy hisobda 7,5 dan kam bo’lmagan IELTS sertifikatiga ega bo’lgan malakali o’qituvchilarimiz olib borishadi.

– U o’qituvchilar o’z metodikalari bo’yicha dars o’tishadimi?

Yo’q aslo, bunga hech qanday xolatda ham yo’l qo’yilmaydi. Hamma o’qituvchilarimiz faqat Ilhom Azizovning 77 ta darsdan iborat dasturiga qat’iy asoslangan xolda dars o’tishadi. Shuning uchun ham bizda o’qitish sifati o’zgarmaydi.

Markazimizga kelib o’z kontaktlaringizni qoldirib va o’zingizni bo’sh vaqtlaringizni yozdirib ketsangiz, guruh yig’ilishi bilan o’zimiz chaqiramiz. Qolaversa kelishingizda 16 GB fleshka, yoki notebook kompyuter olib kelsangiz biz sizga o’qishingiz mobaynida kerak bo’ladigan materiallarni berib yuboramiz.

Boshqa ma’lumot uchun